23 aprel 2025, eʼlon, ingliz tilidan tarjima
Endi biz QARAVANmiz
QARAVAN nomi hamjamiyatimiz aʼzolarining harakati, bardoshi va umumiy tajribasi haqida. Yangi nom bizning tamoyilimizni aks ettiradi: biz hamma uchun ochiqmiz. Hamjamiyatimiz har doim turli mamlakatlar, tillar va millatlarga mansub odamlarni birlashtirib kelgan va biz tashkilot nomi shu xilma-xillikni hurmat qilishini istaymiz.
«Men uchun QARAVAN nomi yangi mamlakatning bir qismiga aylanish yoʻlini birga bosib oʻtayotgan LGBTQA+ muhojirlar uchun yaqin hamjamiyat, tanlangan oila va oʻzaro qoʻllab-quvvatlash qanchalik muhimligini taʼkidlaydi», — dedi QARAVAN asoschisi va boshqaruv kengashi raisi Yelena Goltsman.
«Bizning vazifamiz — oʻz vatanida taʼqib va kamsitishlarga duch kelayotgan barcha LGBTQ+ muhojirlarni qabul qilish. QARAVAN — yangi hayotida xavfsizlik, qoʻllab-quvvatlash va toʻliq oʻzi boʻlish erkinligini izlayotganlar uchun makon. Biz umid beramiz, erkinlikka yoʻl koʻrsatamiz va bunga juda muhtoj boʻlgan LGBTQ+ insonlarni iliqlik va birdamlik bilan bagʻrimizga bosamiz», — dedi QARAVAN hamjamiyati aʼzosi va koʻngilli Igor Savin.
Nomni oʻzgartirish — tashkilotimiz yoʻlidagi muhim bosqich: biz avvalgidek yorqin va gʻoyat xilma-xil hamjamiyatimiz uchun hayotiy muhim tayanch boʻlib qolamiz. 17 yildan beri Nyu-York va undan tashqaridagi 15 000 dan ortiq LGBTQ+ muhojir uchun boshpana yaratib kelyapmiz: xavfsiz joylar, oʻzaro qoʻllab-quvvatlash, favqulodda yordam va eng zarur narsalarni beramiz. Yangi nom — QARAVAN ostida ham bu ishni davom ettiramiz.
Yoʻlimiz davom etmoqda. Biz bilan yuring!