qaravan
Xayriya qilish

Yillik hisobotlar Hisobot: 2024 yil

Moliya va qoʻllab-quvvatlash

Issiq kiyimdagi bir necha kishi tosh devor yonidagi hovlichada stol atrofida turib, ovqat tarqatmoqda.
Hamjamiyat aʼzolari va koʻngillilar ochiq havoda ovqat tarqatmoqda.

2024-yilda umumiy pul xarajatlari 83 000 dollarni tashkil etdi. Bu summaning 70% qismini xodimlarga, yaʼni toʻliq boʻlmagan stavkada ishlaydigan ikki koordinatorga sarfladik. Boshqaruv kengashining boshqa aʼzolari va asosiy koʻngillilar koʻp vaqt va tajribasini begʻaraz sarfladi.

Xarajat moddasi2024-yildagi pul xarajatlaridagi ulush
Xodimlar70%
Shartnoma asosidagi mutaxassislar15%
Operatsion xarajatlar10%
Oʻzaro yordam5%

Operatsion xarajatlar byudjetning 10% qismini tashkil etdi: hamjamiyat tadbirlari uchun ovqat, chop etish, sayt va aloqa vositalariga obunalar, aʼzolik badallari.

Biz qisqa muddatli loyihalar va yordam uchun mutaxassislarni ham jalb qildik va mustaqil shartnomalarga 15% sarfladik. Pul, kompyuterlar, roʻzgʻor buyumlari, kiyim va gigiyena vositalari koʻrinishidagi oʻzaro yordamni (pul byudjetimizning 5% qismi hamda buyum koʻrinishidagi xayriyalar) ogʻir moliyaviy ahvolga tushib qolgan yoki salomatlik bilan bogʻliq muammolarga duch kelgan hamjamiyat aʼzolariga tarqatdik.

Moliyalashtiruvchilar

2024-yilda mablagʻlarimiz asosiy xarajatlarni qoplashga yetmadi. QARAVAN xususiy fondlardan (40 000 dollar) va xususiy shaxslarning xayriyalari koʻrinishida (6 000 dollar) mablagʻ oldi. Biz koʻngillilar va hamkorlarning pulsiz hissasiga juda kuchli tayanamiz: xayriya qilingan vaqt, binolar va buyumlarni taxminan 250 000 dollarga baholaymiz.

  • 40 000 dollarxususiy fondlardan olindi
  • 250 000 dollarxayriya qilingan vaqt, binolar va buyumlar koʻrinishida olindi (taxminiy baho)
  • 6 000 dollarxususiy shaxslardan xayriya koʻrinishida olindi

Bizni qoʻllab-quvvatlagan tashkilotlar

Bizni moliyalashtirgan tashkilotlarga minnatdorchilik bildiramiz:

  • WSCF
  • NYC Pride
  • AYCO Charitable Foundation
  • Statue Foundation Inc

QARAVAN bu tashkilotlar koʻrsatgan pulsiz yordam, uchrashuvlar uchun binolar, materiallar, kiyim, mebel va xizmatlar uchun juda minnatdor:

  • Brooklyn Community Pride Center
  • SAFE (Seeking Asylum & Finding Empowerment)
  • NYU Langone Health (New York University Langone Health)
  • RIF Asylum Support
  • Materials for the Arts (Nyu-York madaniyat ishlari departamenti, New York City Department of Cultural Affairs)
  • Congregation Beit Simchat Torah
  • Riverside Immigrant Services & Empowerment
  • Coney Island USA

Shuningdek, barcha xususiy donorlar va hissa qoʻshgan har bir kishiga. Rahmat!